«Burger King» tez ovqatlanish restoranlar tarmog‘i xo‘randalarga vopper (gamburger turi) ta'mli tish pastasi taklif qilingan rolikni taqdim etdi. Video kompaniyaning Fransiyadagi bo‘limi YouTube-kanalida namoyish qilingan.
Rolikda kompaniya "faol vopper-ekstraktli tish pastasi"ni ishlab chiqqani ta'kidlanadi. Videodagi bosh qahramon «Burger King» taomlarining mazasini juda yaxshi ko‘rishi va uning ta'mini saqlab qolishni istashi, shu bois tishlarini yuvmasligini aytadi. Ikki hafta davomida tish chyotkasidan voz kechganidan keyin xotini uni tashlab ketadi, biroq burger ta'mli tish pastasi uni qaytarishga yordam beradi.
Mashable nashrida ta'kidlanishicha, kompaniya shu tariqa 1 aprelni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin.