O‘zbekistonlik talabalar “SoccerBots” robotini yaratishdi

Fan-texnika 13:46 / 31.03.2017 7956

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari yangi “SoccerBots” robotni yaratishdi. “SoccerBots” RoboSport uchun ishlab chiqilgan kirish loyihasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlarning robototexnika va dasturlashga nisbatan qiziqishlarini uyg‘otishdir.

Mazkur o‘yinda har bir jamoada bittadan to‘rttagacha ishtirokchi qatnashishi mumkin. Har bir ishtirokchi bitta robotni masofaviy konroller yordamida Wi-Fi texnologiyasi orqali nazorat qiladi. 

O‘yindan asosiy maqsad esa jamoalar raqib darvozasiga gol kiritishdan iborat bo‘lib, raqiblariga nisbatan ko‘proq gol kiritgan jamoa bellashuvning g‘olibiga aylanadi. Darvozalar infraqizil sensorlar bilan yoritilib, ular yordamida koptok darvozaga kiritilgani aniqlanadi. Urilgan gollar hisobi maxsus svetodiod matritsada o‘z aksini topadi. 

“SoccerBots” loyihasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari Toshpulatov Davronbek, Ishmuhamedov Boriyxon, Umarov Sardor, Adilov Nuriddin va Yakubov Abdulaziz tomonidan ishlab chiqilgan.

Ko‘proq yangiliklar: