Tradeuzbekistan.com – yangi elektron savdo maydonchasi

Fan-texnika 11:46 / 31.03.2017 6605

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan sifatli eksport mahsulotini ishlab chiqarishni oshirish, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilarni eksport faoliyatiga jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani hisobga olinib, birinchi eksportga yo‘naltirilgan savdo maydonchasi Trade Uzbekistan tashkil etildi. U elektron tijorat sohasidagi jahon brendlari tajribasiga asoslangan.

Bu maydoncha asosiy va ustuvor vazifasi o‘zbek brendini tanish darajasini mustahkamlash orqali mahalliy mahsulotlarni xorij bozorlariga chiqarish, hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ish doiralarini kengaytirish va biznes muhitni yaxshilash hisoblanadi.

Trade Uzbekistan tizimida ishlab chiqaruvchi-eksportchilar tashqi savdo kompaniyalari va xaridorlar bilan onlayn rejimda muzokaralar olib borishi hamda kelishuvga erishishi mumkin. 

Savdo maydonchasi mahsulotlarni O‘zbekistondan tashqariga eksport qiluvchi mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni bir maydonchada birlashtirishga mo‘ljallangan.

Ushbu savdo maydonchasi bilan ishlashning quyidagi afzalliklari bor:

•  Eksportga mo‘ljallangan tovarlar turlarining kattaligi
•  Murojaatlarni 24 soat davomida monitoring qilish va doimiy konsalting
•  Oddiy va qulay interfeys
•  Biznesni rivojlantirish uchun katta hajmdagi foydali ma'lumotlar
•  Xalqaro domen

Ko‘proq yangiliklar: