Toshkentdagi Turin politexnika universiteti tomonidan mini-avtobus va poyezd yaratildi

Fan-texnika 14:48 / 31.03.2017 14431

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xodimlari madaniyat va istirohat bog‘lari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Texnopark muhandislari jamoasi 4-bosqich talabalari bilan hamkorlikda attraksionga mo‘ljallangan mini-avtobus ishlab chiqishdi va qurishdi.

Mini-avtobus 20 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, undan tashqari yana lokomotiv va 4 vagondan iborat poyezd ham yaratildi. Avtobus va lokomotiv 5,5 s. quvvatlantirish akkumulyator batareyasida ishlaydi. Har ikkisining quvvati 900 Vt.ga, tezligi esa soatiga 10 kilometrga yetadi.

Ko‘proq yangiliklar: