“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i internet-do‘konlar va brendlarning mahsulotlari hamda xizmatlari namoyish etilgan ko‘rgazma maydonchalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Endilikda ijtimoiy tarmoqda Megogo va ShowJet xizmatlaridan filmlar hamda seriallarga, “Sportmaster”, “Media MarkEt”, “Clarins”lardan mahsulotarga buyurtma berish imkoni mavjud. Yaqin kunlarda tovarlar ko‘rgazmasini namoyish etish imkoniyati barcha guruhlar uchun yo‘lga qo‘yiladi.
Ko‘rgazmaga guruh ma'murlari alohida mahsulotlar hamda tovar va xizmatlar turkumini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Har bir e'lon uchun narx, ta'rif va sur'atlar qo‘shish mumkin bo‘ladi. Shuningdek guruh ma'muri yangi mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh yangiliklar tasmasida namoyish etilishini sozlashi mumkin.
Foydalanuvchilar guruhlarida chop etilgan e'lonlardan farqli o‘laroq do‘konlar mahsulotlari qo‘yilgan e'lonlar muddatsiz bo‘ladi. Guruhlarda mahsulotlarni joylashtirish bepul.
“Odnoklassniki – shunchaki ijtimoiy tarmoq emas. U xizmatlar va ilovalar eko-tizimidir. Biz foydalanuvchilar Odnoklassnikida xamma kerakli narsalarni: do‘stlarni, qiziqarli kontentni, foydali mahsulotlar va xizmatlarni izlab topishlarini xohlaymiz. Bir necha oy oldin biz e'lonlar maydoniga ishonchli qadam bosdik va mahsulotlar hamda xizmatlar sotish xizmatini ishga tushirdik. Tajribamiz muvaffaqiyatli o‘tdi va biz xizmatga bo‘lgan talabni ko‘rdik. Bizning bu yo‘nalishdagi ikkinchi qadamimiz tizimni biznes vakillari, ayniqsa kichik va o‘rta biznes vakillari uchun moslashtirish. Ishonamizki, qulay xizmat ham xaridorlar, ham do‘konlar uchun jarayonni yengillashtiradi va ijtimoiy tarmoqlarda biznesni yanada rivojlantirishiga yangi turtki beradi”, - deydi Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedchin.