OAVda AQSh prezidentida ruhiy muammolar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi

Jahon 22:57 / 31.03.2017 12719

Internetda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi o‘tirgan stollardagi buyumlarni hamisha u yerdan-bu yerga surib qo‘yishi videosi paydo bo‘ldi. Daily Mail nashrining fikricha, Trampning bu odati uning ruhiy buzilishdan aziyat chekishidan darak beradi.

Videodan Oq uy rahbari stoldagi qog‘ozlarni bir necha marotabalab to‘g‘rilab qo‘yishi, oldida turgan stakanlarni, ular uchun tagliklarni va boshqa buyumlarni kerak bo‘lsa-bo‘lmasa surib qo‘yishini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining taxmin qilishlaricha, Tramp ruhiyatning obsessiv-kompulsiv buzilishidan aziyat chekishi mumkin.

Bundan tashqari, Trampning Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuvda o‘zini tutishi ham e'tibor tortgan. Uchrashuv vaqtida Tramp Abening qo‘lini 20 soniya davomida silkitib turgan. Bunday "quyuq so‘rashishdan" Abeda hattoki bir lahzaga azoblanayotgandek yuz ifodasi paydo bo‘lgan. 

Ruhiyatning obsessiv-kompulsiv buzilishida odamda o‘z-o‘zidan turli xayoldan chiqmaydigan, qo‘rquv uyg‘otuvchi fikrlar kela boshlaydi. Bunda odam bu fikrlar sababli yuzaga kelgan xavotirdan turli harakatlar bilan xalos bo‘lishga urinadi.

Ko‘proq yangiliklar: