Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi Stinger fastbekiga doir tafsilotlarni ma'lum qildi. U brendning eng tez mashinasi va quvvatli avtomobili hisoblanadi. U brendning eng tez mashinasi va quvvatli avtomobili hisoblanadi. U noldan soatiga 100 km tezlikka avval xabar qilinganidek, 5,1 soniyada emas, 4,9 soniyada erishadi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi Seul motorshousi doirasidagi taqdimot marosimida ma'lum qilgan.
Kia Stinger modelining jahon taqdimoti shu yilning yanvar oyida Detroyt avtoshousi doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Aynan o‘sha yerda, fastbek besh soniyadan biroz ko‘proq vaqt ichida yuzga chiqa olishi aytilgandi.
Taqqoslash uchun aytish mumkinki, BMW M3 bu ko‘rsatkichga erishish uchun 4,1 soniya sarflaydi.
Mashinaning eng kuchli namunasiga 6 silindrli, 370 ot kuchiga ega juft turbo motor o‘rnatiladi. 3,3 litr dvigatel 8 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi ko‘magida mashinani harakatga keltiradi.
Stinger V6 motoridan tashqari 255 ot kuchiga ega 2,0 litrli «turboto‘rtlik» hamda 200 ot kuchiga ega 2,2 litrlii dizel motor bilan ham jihozlanadi.