Beeline Qashqadaryo viloyatida baza stansiyalar sonini ko‘paytirdi

Fan-texnika 13:45 / 31.03.2017 3851

Eng yirik aloqa operatori Beeline Qashqadaryo viloyati hududida GSM va 3G tarmoqlari hajmi va qoplami kengaygani haqida xabar berdi. Yangi baza stansiyalari Qarshi shahrida va Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ishga tushirildi. 

“Yangi baza stansiyalarning ishga tushirilishi aloqa va mobil internet sifatini sezilarli darajada yaxshiladi, - deydi Unitel‘ning Janubiy hududi filiali direktori Ulug‘bek Axmedov. – Beeline ko‘p yildan beri Qashqadaryo viloyatida birinchi raqamli operator bo‘lib kelmoqda, va biz ushbu hududda tarmoq rivojlanishiga katta ahamiyat beramiz. Ishonaman, tarmoq rivojlanishiga bo‘lgan bunday yondashuv Beeline sifatli xizmatlarni taqdim etuvchi maqomini kelajakda ham saqlab qolishga imkon beradi”.

Ma'lumot uchun, Beeline brendi O‘zbekiston respublikasi hududida MChJ Unitel’ning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996 yilda tashkil etilgan. 2016 yil natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 9 506 503 kishini tashkil qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: