Twitter mikrobloglar xizmati foydalanuchilar tvitga javob berayotganida ularning ismlari cheklangan 140 ta simvol tarkibiga kiritilmasligini e'lon qildi. Bu yo‘l bilan foydalanuvchilarga o‘z fikrini bildirish uchun kengroq imkoniyat taqdim etilmoqda, deyiladi kompaniyaning rasmiy blogida.
Xizmatni ishlab chiqqanlar ko‘plab iltimoslar, shuningdek, auditoriya tadqiq etilganidan so‘ng ushbu o‘zgartirishni joriy qilishgan. Bunday yangilikni joriy qilishni kompaniya 2016 yildayoq va'da qilgan edi. O‘shanda simvollar sonida fotosuratlar, video va gif-tasvirlar aks etmay qo‘ygandi.
Twitter’dagilarning qo‘shimcha qilishicha, havolalar hozircha avvalgidek, simvol sifatida qayd etib boriladi. Xizmat hozircha tvitlarni tahrirlash imkoniyatini ham taqdim etganicha yo‘q.