"GM Uzbekistan" sotilgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish borasidagi savollarga javob bermoqda

Fan-texnika 01:27 / 29.03.2017 18445

"GM Uzbekistan" AJ ishlab chiqargan avtomobillarni xarid qilish va xariddan so‘ng ularga xizmat ko‘rsatish masalalarida kelib chiqadigan savollarni obektiv ko‘rib chiqish va ularga asosli yechimlar topish maqsadida, kompaniya rahbarlari joylarda uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti ma'lum qildi

Bugun 28 mart kuni bunday uchrashuv Namangan viloyati aholisi uchun, «GM Uzbekistan» AJning Bosh Direktori vazifasini bajaruvchi Rajabov Rustam Baxtiyorovich bilan Namangan shahridagi «Namangan Avtotexxizmat» binosida o‘tkaziladi.

Ertaga, 29 mart kuni uchrashuv Andijon shahridagi «Andijon Avtotexxizmat», 30 mart kuni esa Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona Avtotexxizmat» binolarida bo‘lib o‘tadi.

Kecha Nukus shahrida «GM Uzbekistan» AJning Boshqaruvchi Direktori Muxiddin Sultonov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuni qayd etib o‘tish lozimki, bu uchrashuvlar GM Uzbekistan vakillarining aholi bilan birinchi uchrashuvlari emas. Bundan avval bu turdagi uchrashuvlar Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Bundan tashqari, "O‘zavtosanoat" AJ ning rahbarlari va mutahassislaridan tashkil topgan maxsus ishchi guruh, har ish kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha fuqarolarni «GM Uzbekistan» AJ ning bosh ofisida (107 xona) qabul qilishlarini eslatib o‘tamiz. Kompaniyaning elektron pochtasi manzili: gmuzbekistan@uzgm.uz, kompaniyaning Bosh Direktori virtual qabulxonasi esa quyidagi manzilda joylashgan: http://gmuzbekistan.uz/forma-obrascheniya.html

To‘liq ma'lumotlarni, GM Uzbekistan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash Markaziga ushbu telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtirishingiz mumkin: +998 71 141 77 77

Ko‘proq yangiliklar: