OAV Ilon Maskning inson miyasini kompyuter bilan ulash g‘oyasi haqida yozmoqda

Fan-texnika 09:08 / 28.03.2017 5997

Amerikalik ixtirochi-tadbirkor, milliarder Ilon Mask yangi Neuralink kompaniyasiga asos soldi. U inson miyasini kompyuter bilan birlashtirish imkonini beruvchi texnologiyalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

Gazeta manbalariga ko‘ra, kompaniya "neyron to‘ri"ni ishlab chiqarmoqchi. U odamlarga jismoniy interfeysdan foydalanmagan holda kompyuterga xabar yuborish imkonini beradi. 

"Neyron to‘ri" texnologiyasi elektrodlarni miyaga joylashtirishni ko‘zda tutadi. Shu yo‘l bilan insonlar fikrlarini kompyuterga yuklashlari yoki undan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi, deb yozadi gazeta. 

Ko‘proq yangiliklar: