Dushanbeda O‘zbekiston mahsulotlari namoyish etiladi

Fan-texnika 13:39 / 28.03.2017 10640

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida aprel oyi o‘rtalarida o‘zbek mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston hamda Tojikiston ikki tomonlama munosabatlari tarixidagi O‘zbekiston sanoat mahsulotlari birinchi ko‘rgazma-yarmarkasi 17-21 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari ko‘magida o‘tkaziladi. Tojikiston savdo-sanoat palatasi rasmiy saytining xabar berishicha, tadbir har ikki davlat SSPlari va “O‘zekspomarkaz” tomonidan tashkil etiladi.

Ko‘rgazma-yarmarka maqsadi o‘tgan yilning oxirida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hisoblanadi. Bu tenglik va o‘zaro manfaat prinsiplari asosida savdo-iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishda katta o‘rin tutadi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘rgazmada O‘zbekistonning avtosanoatdan tortib, oziq-ovqat mahsulotlariga qadar bo‘lgan namunalari namoyish etiladi.

Yarmarka yakuni bo‘yicha o‘zbek-tojik birinchi biznes-forumini o‘tkazish ko‘zlangan.

Ko‘proq yangiliklar: