Dubayda hukumat idoralari ishiga sun'iy idrok joriy etiladi

Fan-texnika 13:32 / 28.03.2017 3784

Dubaydagi sun'iy idrok laboratoriyasi yaqin orada hokimiyat xodimlari va xususiy sektor ishchilarini ularning ish jarayoniga robotlarni tatbiq etish bo‘yicha o‘qita boshlaydi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar berdi.

Laboratoriya dushanba kuni ochildi va aprel oyidayoq 200 kishiga ta'lim bera boshlaydi. U shuningdek olimlar, talabalar hamda barcha istovchilar uchun ochiq bo‘ladi.

"Kelajakka qarab harakatlanish uchun biz hukumat ish jarayonini qayta ko‘rib chiqishimiz hamda xizmatlarimizga sun'iy idrokni joriy etishimiz kerak. Bizda bu texnologiyani qabul qilishdan boshqa iloj yo‘q. Koll-markazlarni almashtirib, ota-onalarga maktablarni tanlashda kognitiv hisob-kitob qilish orqali yordam bermoqchimiz", - deya ma'lum qildi Dubayning Smart Dubai Office rahbari doktor Oysha bin Butti bin Bishr.

Dastur ishlab chiqaruvchilariga ko‘ra, yangi texnologiyani ushbu muassasalar ish faoliyatiga joriy etish ularni ancha qulayroq qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: