Singapurdagi Nanyan texnologik universiteti kompyuter mutaxassislari tirbandliklarga qarshi kurashishning yangi algoritmini yaratishdi.
Mutaxassislarning aytishicha, asosiysi avtomobil boshqarishda inson omilini minimallashtirishga erishishdir. Odamlarga his-hayajonga berilish va mavhumlik xosdir va bu yo‘lda ko‘plab muammolarni tug‘diradi.
Yangi kompyuter algoritmi ishlashi juda oddiy, deb yozmoqda Motherboard. Yo‘l qismining dastlabki yuklanganligi olinadi, unga noma'lum miqdor – bu yo‘l qismiga yo‘nalayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan mashinalar soni qo‘shiladi. So‘ngra yangi yo‘nalishlar yaratish yordamida yo‘lning bu qismidan oqimni olib ketish variantlari o‘ylab topiladi. G‘oyaga ko‘ra, bu tirbandliklarning vujudga kelishi oldini olishi kerak.
Tirbandliklar hosil bo‘lmasligi uchun mashinalarning bor-yo‘g‘i 10 foiz navigatsion tizimi oqimni nazorat qiluvchi va algoritm bilan boshqariluvchi umumiy tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.
Dastur kompyuter simulyatsiyalarida o‘zining mavjud bo‘lishga haqliligini isbotladi. Hozir dastur yaratuvchilari tizimni yaxshilash maqsadida BMW kompaniyasi bilan ishlashmoqda. Hozirda bu tizimni yaratishda yagona muammo algoritm real vaqtda ishlay oladigan texnikani yaratish bo‘lib qolmoqda.