Chexiya prezidenti kompyuterini amerikalik xakerlar buzib kirishgan

Fan-texnika 08:53 / 27.03.2017 5039

Chexiya prezidenti Milosh Zemanning hikoya qilishicha, amerikalik xakerlar uning Lana qasridagi qarorgohida bo‘lgan shaxsiy kompyuterini buzib, unda taqiqlangan behayo saytlarning materiallarini joylashtirishgan. U bu haqda Frekvence-1 bian o‘tkazgan suhbatida so‘zlab bergan.

«Bir yillar avval, men Lana qasrida edim va kimdir kompyuterimga bolalar bilan bog‘liq behayo saytlar suratlarini joylabdi», — degan Zeman.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Praga shahar mutaxassislariga murojaat qilgan. Ular AQShning Alabama shtatida joylashgan xakerlar hujum qilganini aytishgan. Zemanning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli, u jinoyatchilarni javobgarlikka torta olmayapti. Shu bilan birga, xakerlar vositachi orqali harakat qilganlari ham inkor etilmayapti. 

Ko‘proq yangiliklar: