Baku Armaniston prezidentining "Iskander"lar haqidagi so‘zlarini sharhladi

Jahon 17:10 / 27.03.2017 9289

Armaniston prezidenti Serj Sargsyanning zaruriyat tug‘ilganda "Iskander" komplekslarini ishga tushirishi haqida so‘zlari ichki auditoriya uchun mo‘ljallangan, deya bayonot berdi Ozarboyjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ilgariroq, Sargsyan zaruriyat paydo bo‘lganda "Iskander" komplekslarini ishga tushirish uchun buyruq berishi haqida chiqish qilgan edi. 

"Bu bayonot parlament saylovlari oldidan ochko yig‘ish uchun Armanistonning ichki auditoriyasi uchun mo‘ljallangan. Arman tomoni shuni tushunishi kerakki, Ozarboyjonning bosib olingan hududlari, Armanistonning butun harbiy va strategik obektlari Ozarboyjon qurolli kuchlarining zamonaviy raketa va artilleriya qurilmalari nishoni ostida turibdi. Armaniston tomonidan bo‘ladigan har qanday tahdid qat'iy bartaraf etiladi, uning oqibatlari arman tomoni uchun fojiali va tiklab bo‘lmas darajada bo‘ladi", — deyiladi xabarda.

Qorabog‘ nizosi 1988 yilning fevralida — Tog‘li Qorabog‘ avtonom oblasti Ozarboyjon SSR tarkibidan chiqishni e'lon qilganidan so‘ng boshlangan. 1991 yilning sentabrida Tog‘li Qorabog‘ avtonom oblasti markazi Stepanakertda Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tuzilgani e'lon qilingan edi. Ozarboyjon hukumati keyingi qurolli to‘qnashuvlar oqibatida Tog‘li Qorabog‘ nazoratini o‘z qo‘lidan chiqargan.

Ko‘proq yangiliklar: