«AlPay». Yo‘ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to‘lashning yana bir vositasi

Iqtisodiyot 15:47 / 27.03.2017 8761

AT «Aloqabank» yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida kelib chiqadigan jarimalarni to‘lash xizmatini joriy qildi. 

Endilikda «AlPay» foydalanuvchilari yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida joriy qilinadigan jarimalarni uydan chiqmagan holda, o‘zlarining mobil telefonlari orqali to‘lashlari mumkin. 

Buning uchun “Xizmatlar to‘lovlari” – “Davlat va kommunal to‘lovlari” – “Jarimalarni to‘lash” bo‘limlariga kirish talab etiladi. So‘ngra pochtadan kelgan qaror raqamini hamda to‘lov summasi kiritiladi. Ma'lumotlar tekshirilganidan keyin (jarima turi, qaror raqami va boshqalar.) hamda to‘lov tasdiqlanganidan so‘ng jarimaga to‘lovni amalga oshirish mumkin.

To‘lovni bir martadan butunlay yoki qisman, «AlPay» mobil tizimiga kiritilgan bir nechta plastik kartalar orqali amalga oshirish mumkin. (Eng kam miqdorida 10 000 so‘m).

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: