Tesla o‘z akkumulyatorlarida nuqsonlarni aniqlash tizimini patentlashtirdi

Fan-texnika 20:47 / 25.03.2017 6629

Tesla muhandislari kompaniya avtomobillarida qo‘llanuvchi litiy-ionli batareyalarning ishlatilishini xavfsizroq qilishga imkon beruvchi yechimni topishdi. Akkumulyator quvvatlanayotganda yoki avtomobil harakatlanayotganda ishdan chiqishi mumkin. Yaqinda Norvegiyada Model S’ning yonib ketishi aynan mashina quvvatlanayotganda yuz bergan. Shuning uchun bunday holatlarning oldini oluvchi yangi ishlanma ayni muddao bo‘ldi.

Patentda akkumulyator har bir yacheykasining quvvatlanish va ishlash jarayonida nazorat qila oladigan tizim ta'riflangan. Bundan tashqari, u yacheykalar holati haqida ma'lumotlarni yig‘ib, ularni kompaniyaga uzata oladi. Buning evaziga servis markazi mutaxassislari har bir aniq hodisa bo‘yicha kerakli ma'lumotga ega bo‘ladilar va muammoni tezkorlik bilan bartaraf etib, bunday hodisalarning kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydilar.

Biroq tizim hozircha qog‘ozda mavjuddir, bu esa kompaniya nuqson aniqlansa, avvalgidek sinalgan eski usulni qo‘llashiga to‘g‘ri kelishini anglatadi – nuqsonli batareyalarning qaytarib olinishi kompaniyaga mo‘maygina pulga tushsa ham, biroq ishonchli ishlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: