Britaniyaning Evo jurnali Bugatti Chiron giperkari sinovidan olingan rolikni taqdim etdi. Bu videoda avtomobil noldan soatiga 351 kilometr tezlikka atigi 21,51 soniyada chiqa olganini ko‘rish mumkin.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1500-kuchli “Shiron” noldan “yuzga” 2,5 soniyada, 300ga esa – 13,6 soniyada chiqishi mumkin. Maksimal tezlik soatiga 420 kilometrni tashkil qiladi. Noldan soatiga 400 kilometr tezlikka chiqish uchun hamda bunday tezlikdan butunlay to‘xtashga atigi bir daqiqa talab etiladi.
Giperkar sakkiz litrli to‘rtta turbinaga ega W16 dvigateli va yetti pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi.
Ayni damda Bugatti chiqarilishi rejalashtirilgan 500ta mashinadan yarmini sotib yuborgan. Bu model premerasidan bir yil o‘tib ro‘y berdi.