O‘zbekiston GM Uzbekistan avtomobillari narxlarini oshirmaydi

Fan-texnika 15:26 / 24.03.2017 44855

GM Uzbekistan AJ QK yaqin orada O‘zbekiston ichki bozorida avtomobillar narxini oshirishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda 1news.uz kompaniyadagi manbaga asosan xabar berdi

«Yaqin orada GM Uzbekistan avtomobillari narxi oshmasligi aniq», — deya ta'kidlab o‘tgan manba.

Nashrning eslatishicha, 2015 yilning dekabrida “O‘zavtosanoat” ichki bozordagi avtomobillar narxini 30 foizdan ko‘proqqa oshirgan edi.

Avvalroq O‘zbekistondagi GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi Chevrolet Captiva, Malibu, Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark modellari bo‘yaladigan ranglar ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritilgani haqida ma'lum qilgani borasida xabar berilgandi.  

 

Ko‘proq yangiliklar: