Apple korporatsiyasi ikkita aksessuarga patent olish bo‘yicha murojaat yubordi, ularning yordamida iPhone hamda iPad’ni noutbukka aylantirish mumkin. Hujjat AQShning patentlar va tovar belgilari bo‘yicha byurosi saytida e'lon qilingan.
Aksessuarlardan iOS-qurilmalardan o‘ziga xos tutqich sifatida foydalanish mumkin. Bunda iPad ekran sifatida ishlatiladi hamda unga trekpadli klaviatura ulanadi. Ikkinchi aksessuar o‘z displeyi bilan jihozlangan va iPhone’ga mo‘ljallangan.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, qurilmada videokarta, portlar va to‘laqonli noutbukning boshqa qismlari ham bo‘lishi mumkin. Biroq unga ishlash uchun iOS-devays talab etiladi, u kerakli protsessor quvvatlarini taqdim etadi.