LG o‘zining mobil to‘lov tizimini yaratmoqda

Fan-texnika 08:37 / 22.03.2017 6419

Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi LG Pay nomli o‘zining shaxsiy mobil to‘lov tizimini yaratmoqda. Ryonxap agentligining xabar qilishicha, Amerikaning Dynamics  firmasi bilan tegishli kelishuvga erishilgan.

"Kelishuvga ko‘ra, LG Dynamics tomonidan ishlab chiqilgan simsiz magnitli texnologiyani qo‘llaydi. To‘lov tizimini 2017 yilning iyunida ishga tushirish rejalashtirilmoqda", - deya ta'kidlaydi agentlik.

Texnologiya smartfonni bank kartasi ma'lumotini o‘qiy oladigan oddiy qurilmaga tegishi orqali xaridlar uchun pul to‘lash imkonini beradi. Hozirda mamlakatda shunga o‘xshash to‘lov tizimi bor, bu - Samsung Pay.

Ko‘proq yangiliklar: