Noma'lum xakerlar barcha iPhone’lardagi ma'lumotlarni o‘chirish bilan tahdid qilishmoqda

Fan-texnika 22:33 / 21.03.2017 7173

O‘zini Turkish Crime Family deb atovchi xakerlik guruhi agar Apple kompaniyasi ularga pul to‘lamasa, unda o‘zi tanlagan istalgan iPhone smartfonidagi ma'lumotlarni o‘chirish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Motherboard nashri xabar bermoqda

Xakerlar iCloud bulutli xizmatidagi katta hajmdagi ma'lumotga va Apple foydalanuvchilarining 300 mln elektron adresiga egaliklarini aytib, tovlamachilik qilmoqdalar. Ular o‘zlaridagi bu ma'lumotlarni o‘chirib tashlash uchun bitkoinlarda 75 ming dollar yoki 100 ming dollarlik iTunes sovg‘a kartalarini talab qilishmoqda. Xakerlar agar kompaniya 7 aprelgacha so‘ralgan pulni to‘lamasa, iCloud’ning bir qancha akkauntlarini o‘chirish va bir nechta tanlab olingan iPhone’dagi ma'lumotlarni masofadan turib o‘chirish bilan tahdid qilmoqda.

Xakerlar o‘z so‘zlari isboti sifatida Apple xavfsizlik xizmati bilan yozishmalari skrinshotini va o‘g‘irlangan akkauntlardan biriga buzib kirishlari tasvirlangan videoni namoyish qilishgan.  

Ko‘proq yangiliklar: