Video: Robben almashtirilganidan norozi bo‘ldi va Anchelottiga hurmatsizlik qildi

«Bavariya» yarim himoyachisi Aren Robben Germaniya chempionati doirasida «Borussiya» M jamoasiga qarshi kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda murabbiydan norozi bo‘ldi.
85-daqiqada Karlo Anchelotti uni Renatu Sansheshga almashtirdi. Niderlandiyalik futbolchi esa maydon chiqqach namoyishkorona tarzda murabbiyning uzatgan qo‘lini urib yuborgan.
«Tushunaman, u ranjigan. Futbolchiligimda men ham shunday edim. Yaxshi o‘ynab turganida murabbiy tomonidan maydondan olinsa, har qanday futbolchi ham norozi bo‘ladi», — degan Anchelotti.
Mavzuga oid

21:55 / 17.05.2018
Robben «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzoladi

15:25 / 18.04.2017
Anchelotti «Real» bilan o‘yindan nima kutayotganini aytdi

18:46 / 27.03.2017
Birinchi davradan keyin. Germaniya, Polsha va Angliya - bir oyog‘i bilan mundialda, Niderlandiya yana qolib ketadimi?

10:31 / 19.02.2017