Jaguar dunyodagi eng tezkor yo‘ltanlamasni taqdim etadi

Fan-texnika 17:29 / 20.03.2017 7570

Jaguar kompaniyasi F-Pace yo‘ltanlamasining sportcha modifikatsiyasi sinoviga kirishdi. Fotojosuslar avtomobilni yashirincha suratga tushirishdi. Kadrlar Autocar nashri tomonidan e'lon qilindi. Mashinalar sotuvi 2018 yilda boshlanadi.

Suratlarga ko‘ra, yangilik ancha tajovuzkor dizaynga ega bo‘ladi. Yo‘ltanlamas katta havo panjaralari, g‘ildirak disklari va spoylerga ega. Unga V8 5,0 litrli benzin dvigateli o‘rnatiladi. Motorning quvvati 570 ot kuchiga teng. Yo‘ltanlamas soatiga 100 kilometr tezlikka 4 soniyada yetishi mumkin. Shu tariqa, F-Pace SVR o‘z sinfidagi eng tezkor avtomobilga aylanadi.

Angliya brendi tarixidagi birinchi yo‘ltanlamas - Jaguar F-Pace 2016 yilning yozida sotuvga chiqarilgan bo‘lib, uni beshta turli nusxasida sotib olish mumkin: Pure, Prestige, Portfolio, R-Sport va S.

Avtomobil IQ negizida yaratilgan. F-Pace’ning barcha modifikatsiyalari sakkiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va to‘la uzatma tizimi bilan jihozlangan. Boshlang‘ich yo‘ltanlamas Ingenium oilasidagi dizelli dvigatelga ega. 2,0 l hajmli agregat 180 ot kuchini beradi. Bundan tashqari, dizelli nusxalar hajmi 3,0 l. bo‘lgan va 300 ot kuchilik V6 motoriga ega. Eng kuchli dizelli F-Pace soatiga 100 kilometr tezlikka 6,2 soniyada yetadi.

F-Pace’ning benzinli nusxalari 3,0 litrli benzinli V6’ga ega hamda 340 yoki 380 ot kuchini berishi mumkin. So‘nggisi faqatgina F-Pace’ning First Edition nusxasiga tegishli bo‘lib, bunda avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka 5,5 soniyada chiqishi mumkin. Bunday variantning maksimal tezligi elektronika tomonidan soatiga 250 kilometr tezlik bilan cheklangan.

Jaguar F-Pace tezkorlik bilan to‘xtash tizimi, piyodlarni farqlash funksiyasi, harakatlanish yo‘lagidan chiqib ketishdan ogohlantiruvchi tizim, harakatlanish yo‘lagida qolish tizimi, yo‘l belgilarini farqlash funksiyasi, shuningdek haydovchi holatini tahlil qilish tizimi bilan ham jihozlanishi mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: