Turkiya har oy Yevropaga 15 ming qochqin yuborish bilan tahdid qilmoqda

Jahon 08:53 / 18.03.2017 7238

Turkiya Yevropa Ittifoqi Anqaraga nisbatan nodo‘stona siyosatni davom ettiraversa, har oy Yevropaga 15 ming nafardan qochqin yuborishga tayyor, deb aytdi Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda

Uning aytishicha, Turkiya Yevropani karaxt holga keltirishi mumkin.

"Siz bir narsani yodda saqlashingiz kerak, siz mintaqada o‘z o‘yiningizni qurish siyosatini olib borar ekansiz, Anqarani hisobga olmasligingiz mumkin emas", deb aytgan vazir. 

So‘ylu, shuningdek, Germaniya va Niderlandiyani Turkiyadagi aksilhukumat namoyishlarga aloqadorlikda va Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntaruviga urinishda aybladi.

Ko‘proq yangiliklar: