Nyu-Yorkda o‘ta noodatiy osmono‘par imorat quriladi

Jamiyat 13:53 / 18.03.2017 15686

Oiio studiyasi AQShning Nyu-York shahrida The Big Bend osmono‘par minorasini qurishni rejalashtirmoqda. Uning alohida jihati balandligi emas, balki uzunligi bo‘ladi. Amerika OAVning xabar qilishicha, bino o‘ziga xos ikkita ingichka o‘zaro yondosh kolonnadan iborat bo‘lib, eng yuqori nuqtasida arka bilan birlashtiriladi.

Rejalarga ko‘ra, noodatiy konstruksiyaning uzunligi 1 230 metrni tashkil qiladi, biroq u dunyodagi eng yuqori bino bo‘lmaydi: balandligi 600 metrdan kamroqni tashkil qiladi.

The Big Bend shaharning Markaziy bog‘i yonidagi 57-G‘arbiy ko‘chada quriladi.

Ko‘proq yangiliklar: