O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi biznes-forumda ishtirok etdi

Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgdagi "Sankt-Peterburg – Rossiya va chet davlatlar mintaqalari" kichik va o‘rta biznes XI Peterburg Partneriatida ishtirok etdi.
Ushbu Partneriat iqtisodiy hamkorlik va xalqaro, mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sohasida Sankt-Peterburgda har yili o‘tuvchi anjuman hisoblanadi.
Partneriat davomida O‘zbekiston delegatsiyasi "Angren" erkin iqtisodiy hududi taqdimotini o‘tkazdi.
Anjuman ishtirokchilari "Angren" EIHda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot olishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgga safari davomida Leningrad viloyatidagi bir qator korxonalarga tashrif buyurdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazib, bir nechta kelishuvlarni imzolashdi.
Mavzuga oid

13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?

08:04 / 03.03.2025
Peterburgdagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

23:04 / 25.12.2024