SpaceX kompaniyasining raketa tashuvchisi Falcon 9 Floridadagi Karnavel burnidan parvoz qildi. U kosmosga EchoStar-23 telekommunikatsiya sun'iy yo‘ldoshini olib ketgan. Kompaniya jarayon translyatsiyasini olib bormoqda.
EchoStar-23 sun'iy yo‘ldoshi Janubiy Amerika hududida televideniyeni uzatish uchun mo‘ljallangan. Og‘irligi 5,5 tonna bo‘lgan qurilma geostansionar orbitada 35 ming kilometrga yaqin balandlikda ishlashi lozim.
Parvoz 14 mart kuni kutilayotgandi, ammo ob-havo sharoiti tufayli boshqa kunga qoldirilgandi.
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga qarashli Falcon 9 tashuvchi raketasi 2016 yilning 1 sentabr kuni isroilliklarning EchoStar 23 sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqishi kerak edi, ammo Kanaveral burnida (Florida shtati, AQSh) joylashgan SLC-40 parvoz platformasidagi sinov chog‘ida portlab ketgandi.