Xalqaro Visa to‘lov tizimi 13 mart kuni SXSW festivalida quyosh nurlaridan himoya qiluvchi yangi ko‘zoynak prototipini namoyish qildi. Qizig‘i shundaki, unga to‘lov kartasi biriktirilgan edi. Hozircha, ushbu anjomning narxi va qachon savdoga chiqishi noma'lum, deb xabar qilmoqda CNBC telekanali.
Qurilmaga NFC-modul o‘rnatilgan bo‘lib, u ishlatish mumkin bo‘lgan plastik karta ham hisoblanadi. Ayni vaqtda ko‘zoynaklar sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu vaqt mobaynida Visa banklar yoki brendlar tomonidan homiylar topishiga umid qilmoqda.
«Bu ko‘zoynaklar bizning “Qayerda bo‘lishni istasang, o‘sha yerda” nomli shiorimzni aks ettiradi. Biz xayolga kelmagan anjomlar yordamida pul to‘lash mumkinligini namoyish etamiz, masalan ko‘zoynak yoki uzuk vositasida», - deydi Visa brend va innovatsiya marketingi bo‘yicha direktori Kris Kartin.
Avvalroq, Visa to‘lash imkonini beruvchi uzuk va bilakuzukni taqdim qilgan edi.