Video: 2000 ot kuchiga ega Nissan Patrol yo‘ltanlamasida harakatlanish qanday bo‘ladi

Fan-texnika 17:18 / 15.03.2017 7756

YouTube saytidagi 1320video sahifasida Nissan Patrol yo‘ltanlamasining 805 metrlik dreg masofasida harakatlanganiga doir video joylandi. Avtomobil ushbu qisqa masofada soatiga 333,82 km tezlikka chiqishga erishdi. Bu mazkur yo‘nalishda jahon rekordi hisoblanadi. 

Yo‘ltanlamas bir qatorga joylashtirilgan 6 silindrli turbomotor bilan jihozlangan bo‘lib, 2 mingdan ortiq ot kuchi bilan ta'minlay oladi. Mashinaga birmuncha o‘zgartishlar kiritilgan. Uning salonida obshivkasi yo‘q, oldiga karbonli bamper o‘rnatilgan. Quto nashrining yozishicha, havo oqimi avtomobilning old yo‘lovchi eshigini uzib yuborgan. 

Ko‘proq yangiliklar: