Rossiyada eng ko‘p sotilgan xorijiy avtomobillar ro‘yxati e'lon qilindi

Fan-texnika 21:51 / 15.03.2017 17835

Rossiyaning "Avtostat" tahliliy agentligi Ford Focus mashinasini Rossiyada eng ko‘p sotilgan ommaviy xorijiy mashina deb atadi. 2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyada bunday mashinadan 694 mingtaga yaqin bor.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, "Fokus" 1-o‘rindan Toyota Corolla’ni siqib chiqargan. 2-o‘rinni olgan bu mashinadan 691 mingta sotilgan. 3-o‘rinni Renault Logan egallagan. Yetakchi o‘ntalikning qolgan o‘rinlarni mos ravishda Hyundai Solaris, Kia Rio, Chevrolet Niva, Daewoo Nexia, Toyota Camry, Volkswagen Passat va Volkswagen Polo modellari egallagan.

Quyida ushbu ro‘yxat keltirilgan.

Model   Miqdori, mingta.

Ford Focus     694
Toyota Corolla   691
Renault Logan   608,5
Hyundai Solaris   597,8
Kia Rio     555,3
Chevrolet Niva   549,5
Daewoo Nexia   420,4
Toyota Camry   369,2
Volkswagen Passat   367,1
Volkswagen Polo   357,9

Avvalroq agentlik Rossiyadagi xorijiy mashinalarning o‘rtacha "yoshini" hisoblab chiqqandi va u 10,4 yilni tashkil qilgan. AQSh markalari mashinalarida bu ko‘rsatkich  9,1 yilni tashkil qilgan. Bundan tashqari, 2017 yil boshida Rossiyada minilgan mashinalar savdosi natijalariga yakun yasaldi. Unga ko‘ra, Rossiyada 5,19 mln ta minilgan mashina sotilgan.

Ko‘proq yangiliklar: