TRADE.AGROFAIR.UZ elektron savdo platformasi ishga tushdi

Fan-texnika 12:36 / 14.03.2017 7311

Ushbu elektron savdo platformasi tovar ishlab chiqaruvchilar, oziq-ovqat mahsulotlarini ichki bozorda sotishga va eksport qilishga yordam beradi. Loyihasining dasturi eng avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining tashqi bozorlarga chiqishini ta'minlashdan iborat.

TRADE.AGROFAIR.UZ elektron tashqi savdo platformasi mamlakatning har bir korxonasi xorijlik xaridorlar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va texnik parametrlari, ta'minot sharoitlari va eksport narxlarini o‘z ichiga olgan barcha zarur ma'lumotlarni joylashtiruvchi shaxsiy internet sahifasi xisoblanadi.

Shu bilan birga platformaning funksional imkoniyatlari korxonaning har bir xodimiga "shaxsiy kabinet" ochishni ko‘zda tutadi, bu eksport shartnomasini tuzishda ulgurji sotib oluvchilar bilan muzokara olib borishga yo‘l ochadi. 

Ushbu ulkan elektron savdo maydonchasi orqali bugungi kunga kelib mingdan ortiq ishlab chiqaruvchilar registratsiyadan o‘tkazilgan va ular o‘z mahsulotlari haqidagi to‘liq ma'lumotlarni joylashtirishmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalarining savdo maslahatchilari ham TRADE.AGROFAIR.UZ orqali faoliyatga jalb etiladi, ular o‘z navbatida potensial mijozlarni yangi imkoniyatlardan xabardor qilib turishadi. Bularning barchasi bir bo‘lib, o‘zbek mahsulotining eksportiga xorijdan yirik xaridorlar va importerlar jalb qiluvchi yagona samarali mexanizmni shakllantirishi ko‘zda tutilgan. 

"Savdoni rag‘batlantirish" loyihasi O‘zbekistondagi inklyuziv taraqqiyotni tovarlarning raqobatbardoshligi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish hamda ularning savdodagi ishtirokini kengaytirish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha ekspertlari milliy qonunchilikning Butunjahon savdo tashkiloti normalariga muvofiqligi tahlilida yordam ko‘rsatishadi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK Matbuot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: