Tesla 2018 yilda kichik krossoverini ishlab chiqadi

Fan-texnika 19:29 / 14.03.2017 3934

Elektrokarlar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi 2018 yilga kelib kichik krossoverini ishlab chiqaradi. Autocar nashrining xabar qilishicha, yangi mashina «arzon» Model 3 elektrokari negizida ishlab chiqariladi va Model Y deb nomlanadi.

Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri Model X uslubidagi orqa eshiklari bo‘ladi. Model X orqa eshiklari avtomat ravishda yuqoriga ochiladi. Bundan tashqari, Model Y yangi avlod muqobil boshqaruv tizimini oladi. Uning tarkibiga 8ta atrofni ko‘rsatuvchi kamera, 12ta yangilangan ultratovushli datchik, takomillashtirilgan radar va kompyuter kiradi. Hisoblash texnikasi avvalgisidan 40 marta tezroq ishlaydi. 

Hozircha, yangi elektrokrossover haqida boshqa ma'lumotlar yo‘q. 

 

Ko‘proq yangiliklar: