Superkarlar ishlab chiqaruvchi Pagani kompaniyasi qayta tiklangan Huayra Pearl superkarini tiklash jarayoni aks ettirilgan videolavhani namoyish etdi. U dunyoda yagona nusxada ishlab chiqilgan. Firma avtomobilni jiddiy talofatdan so‘ng ta'mirladi.
Huayra Pearl halokatiga doir suratlar o‘tgan yil yozida internetda paydo bo‘lgan edi. Avtomobil Parijdagi Four Seasons Hotel George V mehmonxonasi yonida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lda qoldirilgan Peugeot mashinasiga urilgan.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu sportkar saudiyalik mijozga tegishlidir.
Videoda ta'mirlangan mashina haqida firma asoschisi va rahbari Goratsio Pagani shaxsan ma'lumot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ta'mirlanish chog‘ida superkar yangi aerodinamik qismlarni olgan.
Pagani Huayra Pearl 2016 yil bahorida taqdim etilgan edi. U kuzovining o‘ziga xosligi, xususan aerodinamik to‘siq, tomidagi ulkan havoo‘tkazgichlari kabi jihatlari bilan farqlanadi.