Qasoskor Turkiya Niderlandiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritishi mumkin

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush mamlakat Niderlandiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritishi mumkinligini ma'lum qildi. Reuters shu haqida xabar berdi.
Shuningdek Kurtulmush Anqara hozirgi bosqichda Niderlandiyadagi elchisini chaqirib olmasligini qo‘shimcha qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bundan avval Niderlandiya bilan yuzaga kelgan diplomatik ziddiyatni quruq uzr so‘rash bilan hal qilib bo‘lmasligini aytgan edi.
Prezident shuningdek Niderlandiyaga nisbatan bundan keyin ham chora ko‘rilishini aytib tahdid qilgan.
Turkiya TIV rahbari Mavlut Chovusho‘g‘li 11 mart kuni Rotterdamdagi Turkiya konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritishga doir referendum munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan mitingga tashrif buyurishi kerak bo‘lgan. Uning samolyoti Niderlandiyaga qo‘yilmagan. Shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik ziddiyat yuzaga keldi. Erdo‘g‘an Niderlandiyaga qarshi sanksiyalar kiritshni aytib tahdid qilgan.
Mavzuga oid

13:05
Niderlandiya O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilishi mumkin

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

14:11 / 08.03.2025
Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

20:38 / 07.03.2025