Janubiy Kaliforniya va Indiana Universiteti tadqiqoti natijalariga ko‘ra Twitter'da taxminan 48 mln akkaunt bot bo‘lishi mumkin.
Olimlar Twitter'dagi ingliz tilidagi gaplashadigan 15 foiz foydalanuvchilar bot-akkaunt ekanini hisoblab chiqishdi. Bu sahifalar asosan boshqa akkauntdagi postlarni "retvit" qilish va "tanlanganlar" safiga qo‘shish bilan shug‘ullanadi.
Ba'zi botlar odamlarning harakatini taqlid qilib, ijtimoiy-siyosiy fikri shakllanishiga ta'sir ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.