Qirg‘izistondagi eng yirik avtomobil bozori – “Japalak”da dam olish kunlari davomida 1000dan ortiq yengil va yuk mashinalari sotuvga qo‘yiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, qishning so‘nggi oylari va bahorning birinchi o‘n kuni davomida bozorda xaridorlarga qaraganda, sotuvchilar ko‘pchilikni tashkil qilgan.
Ba'zi xaridorlarning so‘zlariga ko‘ra, savdolar kechki paytlarga yaqin yaxshi bo‘ladi, sababi narxlar tushiriladi, xaridor esa ko‘proq savdolasha boshlaydi.
Eng ko‘p talab «Xonda Fit», «Xonda Tsivik», «Xonda Eyrveyv», «Toyota Ist», «Toyota Vish», «DEU Matiz» kabi avtomobillarga kuzatiladi, sababi ular kamroq yonilg‘i sarflaydi. Masalan, «Xonda Fit» markali avtomobil narxi 200 ming somdan (2 885.25 AQSh dollari) 280 ming somgacha (4 039.35 dollar) turadi.
«Xonda Tsivik», «Xonda Eyrveyv» avtomobillarini esa 200 ming somga ham sotib olish mumkin. «Toyota Ist» va «Toyota Vish» markalari narxi 220 ming somdan (3 173.78 dollar) 300 ming somgacha (4 327.88 dollar) turadi.
Sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, eng kam talab «Leksus 470», «Leksus 330» va «Leksus 300» avtomobillariga kuzatiladi. Masalan, «Leksus 470»ni 10-15 ming dollarga, «Leksus 300» va «Leksus 330»ni 10 ming dollarga sotib olish mumkin.
Bozorda Rossiyada va Sobiq Ittifoq davrida chiqarilgan transport vositalarini ham ko‘plab uchratish mumkin. «Jiguli» avtomobili 50 ming somdan (721.31 dollar) 100 ming somgacha (1 442.63 dollar) baholanadi.
«VAZ Niva 2121»ni esa yaxshi holatda bo‘lsa 300 ming somga (4 327.88 dollar) sotib olish mumkin.