Xitoy startapidan kelajakdagi g‘aroyib avtomobil

Fan-texnika 09:38 / 13.03.2017 14245

Xitoyning NIO startapi EVE nomli navbatdagi “kelajak avtomobili” kontseptini taqdim etdi. Avtomobil avtonom ham, haydovchi ishtirokida ham boshqarilishi mumkin, yo‘l davomida esa haydovchiga sun'iy idrokka ega bort yordamchisi hamrohlik qiladi. Salon haqida so‘z yuritilsa - avtomobilga “g‘ildiraklardagi mehmonxona” norasmiy nomi berildi, u yerdan yotoqxona sifatida ham "foydalanish" mumkin, deb yozadi Mashable.

Nashrning xabar qilishicha, avtomobil saloni birinchi sinfdagi samolyot saloniga o‘xshash. Unga olti yo‘lovchi sig‘ishi mumkin, ularning qulayligi uchun mashina suriladigan eshiklar bilan jihozlangan.

Avtomobil ichidagi o‘rindiqlar to‘laqonli divanga aylanadi, buklanadigan stolcha va shaxsiy buyumlarni saqlash uchun ko‘plab kichik joylar bor. Ularning bari sensorli panellar yordamida boshqariladi.

Avtomobilning NOMI nomli bort yordamchisi avtomobil va datchiklarni boshqaradi, shuningdek haydovchi holatidan ham “xabar olib turadi” hamda kerak bo‘lganda, u haddan tashqari charchagani haqida ogohlantiradi.

Bundan tashqari, yaratuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yordamchi yo‘lovchilar o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganishi mumkin va ularga qiziq bo‘lgan ma'lumotlarni chiqaradi. Bu holatda katta old oyna displey tariqasida ishlatiladi. Unda filmlar tomosha qilish yoki yo‘l davomida foydali ma'lumotlarni o‘qib borish mumkin.

Osmondan esa nafaqat old oyna, balki katta panoramali tom orqali ham bahra olish mumkin.

Biroq, Mashable’ning ta'kidlashicha, EVE seriyali model bo‘lishi ehtimoldan uzoq. Sababi uning ishlab chiqaruvchilari avtomobillarga ixtisoslashmagan va hattoki texnik xususiyatlarni ham o‘ylab ko‘rishmagan.
 
Shuning uchun NIO EVE hozircha faqatgina kontsept bo‘lib qoladi. Biroq ko‘pchilik kelajak mashinasi sifatida undan foydalanishni istashi aniq.

Ko‘proq yangiliklar: