Xayriya hajmi va vaqt chegarasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Illyustrativ foto
Insonlarga qat'iy vaqt chegarasi qo‘yilmasa, ular xayriyaga ko‘proq mablag‘ ajratishar ekan. Bu borada keng tadqiqot olib borgan Orxus universiteti (Daniya) iqtisodchilari shunday xulosaga kelishdi. Unda avvaldan xayriyaga pul ajratib keluvchi 53 ming daniyalik o‘zi bilmagan holatda ishtirok etdi. "Science Direct"da ushbu tadqiqot natijalari haqida batafsil ma'lumot berildi.
"Agar siz uch kun davomida xayriya qilsangiz, anonim xayriyaparvar yana 10 krona kiritadi", - deb yozilgan DanChurchAid xayriya tashkiloti nomidan tarqatilgan xabarlarda.
Bir guruh uchun dedlayn 3 kunni tashkil qildi, ikkinchi guruh uchun - 10 kun, uchinchi guruh ishtirokchilari uchun esa pullarni kelasi oy boshiga qadar o‘tkazish taklif qilindi.
Yig‘ilgan ma'lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, insonlar vaqt jihatidan kamroq cheklangan taqdirda ko‘proq xayriya qilishga moyil bo‘lar ekan. Avvalgi tadqiqotlardan ma'lumki, odamlar xayriyaga pul ajratayotgan vaqtda ularga bosim o‘tkazishlarini yoqtirishmaydi. Shunday ekan, natijalarni quyidagicha izohlash mumkin: "Yaxshi, men tez mablag‘ kiritishga tayyorman, biroq ko‘p pul olmaysiz".
Mavzuga oid

18:01
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara ochiladi

15:43
Internet tezligini pasaytiradi: issiqxona gazlarining yana bir zarari aniqlandi

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiyaga kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

01:14 / 07.03.2025