Yangi avloddagi simsiz klaviatura lofree yaratuvchilari uning harflar terishda tub o‘zgarish qilishiga va'da bermoqdalar.
Ma'lum qilinishicha, yangi klaviatura Mac, Adroid, iOS va Windows operatsion tizimlarida ishlovchi qurilmalar bilan ishlay oladi. Klaviaturaga bir vaqtning o‘zida uchta gadjyetni ulash mumkin bo‘ladi. Klaviaturada belgilar joylashishi avvalgidek qolsa-da, biroq tashqi ko‘rinishi biz odatlangan klaviaturalardan o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi: unda tugmalar bosma mashinadagi tugmalarga o‘xshash dumaloq shaklda bo‘ladi.
Yangi qurilma joriy yilning may oyida sotuvga chiqishi kerak. Uning narxi 79 dollarga yaqinni tashkil qiladi.