Bolakay otasi bilan uzoq ayriliqdan keyin uni ilk marta ko‘rdi (video)

AQShda yangi ko‘zoynak taqqan bolakay uzoq ayriliqdan keyin harbiy-havo kuchlari kapitani bo‘lgan o‘zining otasini birinchi marta ko‘rdi. Daily mail nashrining yozishicha, erkak ikki oy avval Antarktidaga xizmat safariga jo‘natilgan edi.
Bu holat aks etgan videoda bolakay avval otasiga mehr bilan qarab turgani, so‘ngra uning pinjiga kirishi tasvirlangan.
Ta'kidlash joizki, bolakay tug‘ilganidan keyin kasalligi tufayli bir necha oy shifoxonada yotgan. Unda ko‘rish qobiliyati bilan muammolar paydo bo‘lgan va shifokorlar unga ko‘zoynak taqishni buyurishgan. Bolaning onasi farzandiga otasi bilan birinchi uchrashuvi uchun ataylab ko‘zoynagini taqib qo‘ygan.
Mavzuga oid

23:36
Ukraina va AQSh Jiddada muzokaralarni yakunladi. Kiyev 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23