«Paxtakor»ning uy uchrashuvidagi dastlabki avtomobil qachon o‘ynalishi ma'lum bo‘ldi
Oliy liganing 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» va «Dinamo» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar avtomobil yutib olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
«Mazkur uchrashuvda «Paxtakor» stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda. Mavsumiy abonement va chipta sotib olgan har bir ishqiboz «Omadli muxlis» sovrinli aksiyasida ishtirok etib, asosiy sovg‘a sifatida «Damas» avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, stadionga kelgan muxlislar barcha qulayliklardan foydalanishi mumkin va bu borada zarur ishlar amalga oshiriladi» deyiladi xabarda.
Muxlislar aynan qaysi qulayliklardan foydalanishiga, buning uchun qanday zarur ishlar amalga oshirilishiga oydinlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 12 mart, yakshanba kuni 17:00da «Paxtakor» stadionida boshlanadi. Chiptalar 10 va 20 ming so‘mdan stadion kassalarida sotuvga chiqariladi.
Mavzuga oid

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

14:17 / 27.02.2025
Xitoylik erkak bolalar o‘yinidan Maserati avtomobilini yutib oldi

02:13 / 18.02.2025
«Paxtakor» - Elit OChL 1/8 finalida

21:13 / 17.02.2025