Hyundai yangilangan Sonata’ni taqdim etdi

Fan-texnika 12:47 / 08.03.2017 10338

Seulda Hyundai kompaniyasining yangilangan Sonata’si taqdim etildi. Ba'zi bir bozorlarda modernizatsiya qilingan Sonata joriy yilning o‘rtalarida paydo bo‘ladi.

Yangilangan Hyundai Sonata yangi faralar va orqa fonarlar, tik nurdiodli kunduzgi yurish chiroqlari, radiatorning boshqa panjarasiga ega. Orqadagi raqam belgisi bamperga o‘tkazildi, yukxona tomida esa model nomi bo‘lgan yozuv joylashdi. Sedanda 17 va 18 dyuymli g‘ildirak disklarini ishlatish mumkin. Salonda markaziy konsol qayta ishlandi, iqlim tizimini boshqarish bloki o‘zgardi.

Hyundai Sonata

Xaridorlarga Sonata’ning Turbo nusxasi ham taklif etiladi. Bunday sedan odatiy mashinadan Genesis G80 Sport yo‘nalishida qilingan radiator panjarasi, qoraytirilgan optika va boshqa jihatlar bilan farq qilib turadi. Sonata Turbo intererida boshqa bezak materiallaridan foydalanilgan.

Hyundai Sonata Turbo

Modelning qurilmalar ro‘yxatiga: Apple CarPlay va Android Auto ishlashi mumkin bo‘lgan 7 yoki 8 dyuymli diagonalga ega multimediya majmuasi, smartfon uchun simsiz quvvatlantirish uskunasi, harakatlar polosasida ushlab turish tizimi, faralar nurini avtomatik tarzda o‘zgartirish, “zaif” hududlar monitoringgi kirgan.

Yangilangan Sonata Koreya bozorida 163 hamda 180 ot kuchiga ega turbomotor, shuningdek 1.7lik turbodizelda taqdim etiladi. Boshlang‘ich motor oltita tezlik darajasini avtomatik quti bilan uyg‘unlashtiradi, qolgan dvigatellar yetti diapazonli ikkita tirkamali “robot” bilan juftlikda ishlaydi. Hyundai Sonata Turbo sedani benzinli 245-kuchli 2.0 kichik turbo dvigatel va sakkiz diapazonli “avtomat” bilan jihozlangan.

Janubiy Koreyada yangilangan Sonataga buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan, uning narxi 22 million 550 ming vondan boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: