Qozog‘istonda olmaotalik qiz Uber taksiga buyurtma berganidan so‘ng o‘rindiqlar o‘rniga yog‘och stullar qo‘yilgan mikroavtobus keldi. Bu haqida Tengrinews xabar berdi.
Buyurtmachining so‘zlariga ko‘ra, u 6 mart kuni ilova orqali mashina chaqirtirgan.
"Biz onam bilan salonga kirib, u yerda turgan yog‘och stullarni ko‘rib juda ajablandik - haydovchi bizni shu stullarga o‘tirishga taklif etdi. Biz kula boshladik. U yerda haqiqatda ikki yog‘och stul turgandi", - deydi qiz.
Qiz buning aqlga sig‘masligi, axir Uber'ning o‘z standartlari va avtomobillarga bo‘lgan talablari mavjudligiga ishora qildi.
"Men shoshilayotgandim, shuning uchun qayta buyurtma bermadim", - deydi u.
Uber ma'muriyati bu voqeadan taajjubga tushgani bildirib, haydovchiga nisbatan chora ko‘rilganini ta'kidladi.
Tengrinews ma'lumotlariga ko‘ra, stulli mashina haydovchisining reytingi 5 (maksimal) bal bo‘lgan.