Hyundai vakillari bugun, 7 mart kuni ochilgan Jyeneva avtosaloni doirasida kompaniyaning yaqin oradagi rejalarini bilan bo‘lishishdi.
Kompaniyaning Yevropa bo‘linmasi rahbari Tomas Shmidtning so‘zlariga ko‘ra, yaqin to‘rt yil davomida bozorga brendning o‘ttizta yangi modeli chiqariladi. Bu haqda kompaniyaning Jyeneva avtosalonidagi taqdimot marosimida ma'lum bo‘ldi, deb xabar beradi «Kolyosa.ru» portali.
Yangiliklardan biri B-klassdagi yo‘ltanlamas bo‘ladi. U 2017 yildayoq Yevropa bozoriga chiqishi rejalashtirilgan. Hyundai Motor Europe rahbari model haqida batafsil tafsilotlarni keltirmadi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ixcham SUV’ga Kona nomi beriladi.
Tomas Shmitdning so‘zlariga ko‘ra, Hyundai 2021 yilda Yevropadagi “birinchi raqamli” Osiyo brendi bo‘lishni rejalashtirgan. O‘tgan yilning kuzida u “Hyundai’da yosh va kuchli model qatori borligi hamda u butun Yevropadagi mijozlarni o‘ziga jalb etayotganini” ta'kidlab o‘tgandi. Bo‘linma rahbarining aytishicha, bu yerda sotilayotgan mashinalarning 90 foizdan ko‘prog‘i kompaniyaning Yevropadagi korxonalarida sinovdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarilgan.
Avvalroq Hyundai Jyenevada yangi yo‘ltanlamas kontseptini taqdim etgani xabar qilingandi. Hyundai FE Fuel Cell markaning vodorodli avtomobillarida kelajakka o‘zgacha nigoh bilan yondashish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, shou-kar dizaynini yaratishda tabiat va suvdan ilhom olishgan, shuning uchun u juda sof va sokindir.
Shuningdek Jyenevada yangi avloddagi i30 universali ham taqdim etilgan.