3D-printerda yaratilgan uy qancha turishi ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 08:07 / 07.03.2017 13087

Ukrainaning PassivDom kompaniyasida yaratilayotgan uylar butunlay avtonom va “aqlli”dir. Shuning uchun o‘zingizga yoqqan joyda hayot kechirishingiz mumkin. Startap saytida aytilishicha, 3D-texnologiyasi qo‘llangan holda yaratilgan o‘zi o‘rganuvchi avtonom modulli uylar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, isitish uchun hech qanday yoqilg‘i talab etmaydigan butunlay avtonom boshpana qurishi mumkin, uni yaratishda ishlatilgan konstruksiya va materiallar esa uyni barcha iqlim sharoitlariga mos kelishiga imkon beradi.

«Modul faqatgina ekologik sof quyosh energiyasini ishlatadi: bunda iqlim-nazorati (isitish va sovutish), suvni yuzaga keltirish, havo sifati nazorati va kislorodning mavjudligi ham inobatga olingan. Uy barcha maishiy anjomlar uchun mustaqil ravishda elektroenergiya ishlab chiqaradi», - deyiladi kompaniya saytida.

Uy devorlari 3D-bosma orqali uglerod tolasi va shishaplastikdan yaratiladi, tomlarga esa quyosh panellari o‘rnatiladi.

Ayni damda uyning ikkita nusxasi buyurtma uchun mavjud – modulOne va modulDva. Birinchisi – maydoni 36 kvadrat metrni tashkil etuvchi kichik nusxa. Uning asosiga uyning o‘zi, bezash, mebel, gaz va ishlovchi isitish tizimi, havo tozalash tizimi, sovutish, suv quvuri va kanalizatsiya kiradi.

Ikkinchi nusxa – modulDva esa bir necha qismdan iborat bo‘lgan modulli uyni qurish imkonini beradi. Shuning uchun avval 72 “kvadrat”dan iborat bo‘lgan kichik uyni xarid qilish, keyin esa uni kerakli paytda kengaytirish ham mumkin.

ModulOne narxi boshlang‘ich model uchun 29 900 yevrodan boshlansa, to‘laqonli nusxa 59 900 yevro turadi.

ModulDva biroz qimmatroqqa tushadi: “avtonom” funksiyalarsiz uyning o‘zi 74 900 yevroga baholangan. Butunboshli aqlli va kommunikatsiyalardan erkin bo‘lgan uy esa qariyb yuz ming yevro turadi.

Ko‘proq yangiliklar: