Toyota Kaliforniyadagi bosh qarorgohini sotuvga qo‘ydi

Fan-texnika 21:01 / 06.03.2017 2823

Toyota kompaniyasi Kaliforniya shtatining Torrans shahridagi bosh qarorgohini sotuvga qo‘ydi. The Detroit Bureau nashrining ma'lum qilishicha, kompaniyaga tegishli binolar majmuasi narxi 150 mln dollardan oshishi mumkin.   

Ushbu inshootlar kompaniya bosh qarorgohi Texas shtatidagi Pleyno shahriga ko‘chib o‘tayotgani sababli sotilmoqda. Ayni vaqtda yangi binolar qurilishi davom etmoqda va ular 2017 yil iyulda ochilishi rejalashtirilgan.

Toyota yangi bosh qarorgohini qurayotganini 2014 yilda ma'lum qilgan, biroq avvalgi majmuasini maxfiylik nuqtai nazaridan sotuvga qo‘ymagandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Kaliforniyadagi korxonaning 75 foizi ham o‘z yashash joyini o‘zgartiradi. Yana ming kishi yangi majmuaga kompaniyaning Kentukki va Nyu-Yorkdagi bo‘limlaridan o‘tkaziladi. Taxmin qilinishicha, kompaniyaning yangi bosh qarorgohidagi xodimlar soni 300 mingdan oshadi. 

"Toyota"ning Kaliforniyadagi majmuasi 185 ming kvadrat metr maydonga ega va 3 ming kishiga mo‘ljallangan. Kompaniya rahbariyati eski majmua bir mulkdor tomonidan sotib olinishiga umid qilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, binolar developerlik firmasi tomonidan sotib olinib, rekonstruksiyaga uchraydi. 

Ko‘proq yangiliklar: