Qozog‘iston ta'lim vazirligi sayti xorijiy serverlardan hujum qilishi mumkin bo‘lgan noma'lum xakerlar tomonidan buzib kirildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, hujum 5 martga o‘tar kechasi amalga oshirilgan va keyingi kunning peshin vaqtiga yaqin uning ishi tiklangan. Ta'lim vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, ushbu buzib kirish "Qozog‘istonning ta'lim va fanni rivojlantirish davlat dasturiga putur yetkazish rejalashtirilganini ko‘rsatadi".