Bloger LG G6 flagmanini ochib ko‘rdi

Fan-texnika 21:43 / 06.03.2017 11959

YouTube’dagi JerryRigEverything kanali muallifi LG G6 smartfonining ichini ochib, qurilmaga baho berdi.

LG G5’dan farqli ravishda, LG G6’ning akkumulyatorini olish uchun korpusni to‘liq ochish kerak bo‘ladi. Smartfonning orqa qismi yelimlangan bo‘lib, u qizdirish orqali ochiladi. 

Smartfonning xavfsizlik tomoni ham alohida e'tiborga loyiq. LG flagmanda chetlari bukilgan akkumulyatordan foydalanilmadi. Eslatib o‘tamiz, Samsung'ning Galaxy Note 7 flagmanida murakkab konstruksiya sababli jiddiy muammolar kelib chiqqan edi. LG G6 akkumulyatori smartfonda muammo yuz bergan holda yonib ketmay, tutaydi, xolos. 

Kompaniya smartfon ichki qismlarining namlikdan himoyasi ustida ham jiddiy shug‘ullangan.

 

Ko‘proq yangiliklar: